Cheran ilk pokerdan so‘ng: "Alamzadalik hissini engdim" yoxud Dragan chempionatimizda yoqtiradigan hujumchisi va ikkinchi Cheran kimligini aytdi

  • 19 oktabr, 2022, 19:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” klubi Superliganing 22-turida “Qo‘qon-1912”ni qabul qilgan holda 5:2 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Uchrashuv qahramoni shubhasiz Dragan Cheran bo‘ldi. Serbiyalik to‘purar qo‘qonliklar darvozasiga bir emas, ikki emas, naqd to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada to‘purarlar orasida Cheran yana yakka peshqadamga aylanib oldi.

3 yildan beri chempionatimizning eng yaxshi hujumchisi va legioneri bo‘lib kelayotgan “Paxtakor” futbolchisiga teng keladigani topilmayapti. O‘yindan keyin hujumchi Sports.uz saytiga intervyu berdi.

- Dragan, ajoyib g‘alaba va pokerga erishganingiz bilan tabriklayman. Faoliyatingizda oxirgi marta qachon 4 ta gol urganingizni eslay olasizmi?

- Bu mening faoliyatimdagi ilk poker.

- Siz chempionatimizda oxirgi 3 yildan beri eng yaxshi to‘purar bo‘lib kelyapsiz. Bu yil ham to‘purarlar orasida 1-o‘rinda ketyapsiz. Hozirgi yoshingizda bunday natijalarga erishish qiyin bo‘lmayaptimi?

- Kiritgan gollarimning 90 foizi men bilan bir jamoada o‘ynayotgan sheriklarim tomonidan amalga oshirilgan ish tufayli yuz berganini alohida aytmog‘im kerak. Ularning ko‘magisiz men shuncha gol urmagan bo‘lardim.

dragan2

- Dragan, oxirgi yillarda to‘purarlikni hech kimga bermay kelyapsiz. Aksiga olib, chempionatimizdagi biror-bir hujumchi ham bu borada sizga jiddiy qarshilik ko‘rsata olmayapti. Bundan chiqdi, bu holat o‘zbek futbolining saviyasi pasayotganini bildirmaydimi?

- Siz ketma-ket 4 bor eng yaxshi to‘purarga aylanayotganim bu erda futbol saviyasi tushgan demoqchimisiz? Nega bunday o‘ylaysiz? Bu to‘g‘ri emas. Men ushbu fikrga qo‘shila olmayman. Agar shunday yo‘l tutsam professionalligim qaerda qoladi?

- Ushbu chempionatda o‘yinlarda hali bittadan ortiq gol urmayotgandingiz. Lekin bu safar bir uchrashuvda naqd 4 ta gol urishni uddaladingiz. Bunday ishtiyoq qaerdan paydo bo‘ldi yoki raqib kuchsizmidi?

- Ko‘plab o‘yinlar va gollar urishim uchun juda ko‘plab vaziyatlar bo‘lgan. Bugun o‘z vaqtida urilmasdan qolgan gollar alamini unutishga erishib, alamzadalik hissini engdim!

dragan3

- Oldingi ikkita turda “Paxtakor”ga nima bo‘ldi?

- Shunchaki, omad chopmadi, deyishim mumkin.

- Hozir 35 yoshdasiz. Yana qancha muddat yuqori darajada futbol o‘ynay olaman, deb o‘ylaysiz?

- O‘zimni yaxshi, sog‘lom his qilar ekanman, to‘p surishda davom etaveraman.

- Umuman aytganda, “Qo‘qon-1912”ga qarshi uchrashuv sizning eng yaxshi o‘yiningiz bo‘ldimi?

- Eng zo‘r – sermahsul o‘yin.

dragan1

- Sizga chempionatimizda qaysi hujumchilar yoqadi?

- Gol urishni binoyidek uddalaydigan, bir mavsumda 10 tadan ortiq gollar uradigan katta yoshdagi va shu bilan birga yosh futbolchilar ko‘p. Temurxo‘ja Abduholiqov men uchun eng zo‘r hujumchidir. Shuningdek, Xusayn Norchaev ham bor. Qolaversa, “Olimpik”dagi ikki hujumchini aytishni istardim.

- Superligada ikkinchi Cheran deb kimni aytgan bo‘lardingiz?

- Abbos Fayzullaev menga o‘zimni eslatib yuboradi. U bilan o‘yin uslubimiz va maydondagi harakatlanishimiz o‘xshashib ketadi. O‘ylaymanki, oradan 1-2 yil o‘tganidan keyin u “Paxtakor”ning etakchisiga aylanadi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!