CSKA «Akron»ni mag‘lub eta olmadi
CSKA mehmonda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Rossiya premer-ligasi 6-turida «Akron» o‘z maydonida CSKAni qabul qildi. To‘qnashuv keskin kurashlar ostida o‘tib, 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.
«Armiyachilar» tarkibida Yomar Rocha va Jilson Benshimol raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Tollyatti klubi esa Lusiano Gondu va Enrique Karmo urgan gollar hisobiga maydon egasi sifatida javob qaytardi. Birinchi bo‘limda CSKA yetakchilaridan biri Matvey Kislyak jarohat olib, maydonni tark etdi.
Ushbu durangdan so‘ng CSKA ochkolarini 12 taga yetkazib, Rossiya chempionati jadvalida uchinchi o‘rinni saqlab qoldi. «Akron» esa mavsumdagi uchinchi ochkosini qo‘lga kiritib, 15-pog‘onada qolmoqda.
«AKRON» – CSKA 2:2 (1:1)
Gollar: Gondu, 13 (0:1); Rocha, 23 (1:1); Benshimol, 66 (2:1); Karmo, 77 (2:2)

Fikrlar