Daniil Medvedev Ogayoda millionerga aylandi

  • 19 avgust, 2019, 11:02
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Rossiyalik Daniil Medvedev AQShning Tsintsinnati shahrida yakunlangan “Masters” turkumiga kiruvchi musobaqada bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
 
"Western & Southern Open" turnirining final uchrashuvida Daniil belgiyalik David Goffinga qarshi kortga chiqdi va 7:6, 6:4 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa musobaqada g‘olib bo‘lgan Daniil Medvedev 1,114,225 dollar mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!