Darvozabonning zo‘ri kim?
“Manchester Yunayted”ning afsonaviy darvozaboni Peter Shmeyxel hozirgi paytda Angliya Premer-ligasida eng yaxshi posbon kimligini aytdi.
Daniyalik mutaxasisning fikriga ko‘ra, hozir Angliya chempionatida “Manchester Siti” a’zosi Edersonga etadigani yo‘q ekan.
- Ederson APLning eng zo‘r darvozaboni. U eng muhim seyvlarni amalga oshirishda va hujumchilar bilan “birga bir” chiqishda benazir.
Alison ham bor, lekin u oyoqda yaxshi o‘ynay olmaydi. U yo‘l qo‘yayotgan xatolarni Edersonda ko‘rmayiz. Mana shu jihat ular o‘rtasidagi asosiy farq hisoblanadi, - dedi Peter Shmeyxel.
Ederson 2017 yildan beri “Manchester Siti” darvozasini qo‘riqlab kelmoqda. Braziliyalik golkiper bu vaqt mobaynida 340 ta uchrashuvda qatnashib, 264 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar