Dastin Pore: Konorga rahmat

  • 22 yanvar, 2021, 08:08
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 24 yanvar sanasida "UFC 257" turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu kechaning markaziy bellashuvida Konor MakGregor Dastin Porega qarshi jang olib boradi. Muhim to‘qnashuv avvalidan amerikalik sportchi quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Konor mening xayriya fondimga katta yordam berdi. Buning uchun unga katta rahmat. 

Jang titul uchun kechadi. Demakki, u eng yuqori darajada bo‘lib o‘tishi aniq. Boshqachasini kutish imkonsiz. Aynan shuning uchun, Abu-Dabiga keldim. O‘ylaymanki, u bilan jangimiz chempionlik uchun haqiqiy kurashga aylanadi. 

Birinchi to‘qnashuvdan keyin, 6 yil o‘tdi. Men juda ko‘p tarafdan o‘zgarishga erishdim. Odamlarning o‘sha jang haqida aytadigan gaplari menga qiziq emas", - dedi Pore. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!