Davron Fayziev jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabani 2:3 ko‘rinishidagi mag‘lubiyatga aylantirganiga qanday izoh berdi?

  • 3 oktabr, 2022, 23:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” – “Surxon” (2:3) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin qo‘qonliklar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Nima deyishim mumkin, o‘yin haqida? Biror gap aytishga kuch topish qiyin bo‘lyapti. Qanaqadir daxshatli tushga o‘xshaydi. Ikkala jamoa ham 3 ochkoni ko‘zlagan holda maydonga tushdi. Faqat daxshatli tush deyishim mumkin. O‘z xatolarimiz evaziga jazolandik. 2:0 hisobida yutib turib, keyin bunday hisob bo‘lishini to‘g‘risi kutmagandim. Xato qildik. Balki futbolchilar oldindan yutib qo‘yishgandir, lekin futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. Bugun yana bir bor isbot bo‘ldi. Negadir 70-daqiqadan keyin yigitlar g‘alaba qozonib bo‘ldik, degan xayolga borishdi, mening nazarimda. Ularga bunday ko‘rsatma berilmagandi, oxirigacha o‘ynash kerak. Hozir bir nima deyishim qiyin.

- San’at Shixov yaxshi o‘ynayotgandi. Nega uni almashtirib yubordingiz?

- E’tibor bergan bo‘lsangiz, charchagan holati sezildi. Oyog‘ida jarohati borligi uchun og‘riq bilan o‘ynayotganiga almashtirdik. Bo‘lmasa, uni almashtirish rejamizda ham yo‘q edi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarni o‘yinni kuchaytirdi yoki kuchsizlantirdi, deb aytish qiyin. Videoni ko‘rib tahlil qilib, keyin biror fikr bildirish mumkin.

- 2:2 bo‘lib turganida himoyachi Ilhom Vahobovni tushirdingiz. Aksincha, yana bir hujumchi tushirish kerak emasmidi?

- Bizda o‘zi hujumchining o‘zi yo‘q.

- Anvar Hojimirzaev-chi?

- Hojimirzaev hali o‘yinga tayyor emas. Faqat zaxirada forma kiyib turdi xolos.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
04/10/2022 08:46
Давронга эшикни кўрсатиб қўйинглар.
Avaz Begmatov
04/10/2022 06:07
Бахона куп, эплай олмасангиз бушатиб куйинг.