
Dembele mashg‘ulotlarni boshlab yubordi
“Barselona” yarim himoyachisi Usman Dembele “Espanol”ga qarshi bahsdan oldin o‘tqazilgan mashg‘ulotlarda qatnashdi.
Ammo tarqalgan xabarlarga ko‘ra, o‘yinchi bo‘lajak uchrashuvda maydonga tushmaydi, biroq Ispaniya kubogi doirasida “Valensiya”ga qarshi maydonga tushishi ehtimoli katta.
Ma’lumot uchun, Dembele yanvar oyida “Real Sosedad” bilan bellashuvda jarohat olgandi. Ushbu mavsumda 20 yoshli futbolchi 4 uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar