
Deniel Evans terma jamoasini yarim finalga olib chiqdi
Britaniyalik tennischi Deniel Evans "Devis kubogi"ning chorak final bosqichida germaniyalik Yan-Lennard Shtruffga qarshi kortga chiqdi.
Uch setda davom etgan o‘yinda Evans tajribali raqibini 7:6, 3:6, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, terma jamoasini yarim final olib chiqdi.
Shu tariqa Buyuk britaniya va Germaniya bahsi 2:0 hisobida yakunlandi. Endi britaniyalik yarim finalda Ispaniya yki Argentina bilan kuch sinashadi.
Fikrlar