
Denis Korostichenko: "Hisob adolatli bo‘ldi"
Superligada 18-turida "Olimpik" o‘z maydonida "Metallurg"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Birinchi navbatda yigitlarga ko‘rsatilgan xarakter uchun tashakkur bildiraman. Umuman olganda, mag‘lubiyatga loyiq emas edik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Yigitlarga bugun biroz tezlik etishmadi. Menimcha, hisob adolatli bo‘ldi.
- "Olimpik"dagi birinchi rasmiy g‘alabangizni qo‘lga kiritishingizga nima to‘sqinlik qilmoqda?
- Bilmadim, hammasi joyida. Mashg‘ulotlarda yigitlar yaxshi ishlamoqda. Menimcha, birinchi gol kiritmayotganimiz ruhiy bosim yuklamoqda. Biz o‘rtoqlik o‘yinida "Surxon"ni engdik. Birinchi bo‘lib gol urganimizdan so‘ng o‘zimizga ishonib harakat qildik. Bugun birinchi bo‘limda yigitlar biroz cho‘chib harakat qildi. G‘alabaning qadri baland bo‘lgani uchun. O‘ylashimcha, birinchi gol urishimiz kerak.
Fikrlar