Dog‘iston rahbari Maxachevni orden bilan taqdirladi

  • 8 iyun, 2024, 19:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Dog‘iston Respublikasi rahbari Sergey Melikov Islam Maxachevga III darajali "Shon-sharaf" ordenini topshirdi.

"Bu nafaqat Islamning, balki butun yurtimizning g‘alabasi. Bu uning ruhi, irodasi, oilasi, murabbiyi, oktagonda bo‘lgan insonlarning g‘alabasi. 

Butun Dog‘iston ahli masofadan turib, chin qalbdan muxslislik qildi. Islam ishonchimizni oqladi", - dedi Sergey Melikov.

Eslatib o‘tamiz, Islam Maxachev "UFC 302" turniri makraziy jangida Dastin Poreni  beshinchi raundda bo‘g‘ish uslubi orqali mag‘lub etib, engil vazn toifasi chempionlik kamarini saqlab qolgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!