Dragan Cheran: Men xudbin emasman!

  • 08.08.2017 18:50
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Ayni paytda Qarshining “Nasaf” klubida Dragan Cheran ko‘plab gollar urmoqda. “Adjarlar” hujumchisi “Qo‘qon-1912”ga qarshi uchrashuvda ham mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.

SPORTS.uz sayti muxbiri esa qarshiliklar to‘purari bilan qisqacha suhbat tashkil etdi. Unda 10 ta gol bilan Marat Bikmaevni ta’qib qilayotgan Cheran quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:  

- Biz nega uyda safardagidan ko‘ra yaxshiroq o‘ynaymiz? Sababi, Qarshida o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida to‘p tepish bizga yoqadi. Ishqibozlardan quvvat olamiz. Qolaversa, so‘ngi 6 oyda o‘z stadionimizni juda sog‘ingandik.

Biz uchun eng muhimi har bir o‘yinda vaziyatlar yaratish va imkoniyatlardan unumli foydalanish. Ammo doim ham biz o‘ylagandek bo‘lavermaydi. Aytaylik, “Lokomotiv” ga qarshi bahsda bo‘lgani singari ba’zida omadimiz chopmaydi. Bu futbol, o‘yinda xatolar uchrab turadi. Kim kam xato qilsa, g‘alaba ham o‘sha tomonda. “Loko” yaxshi jamoa va biz ularni xurmat qilamiz. Biroq barchasidan oldin o‘zimizni xurmat qilishimiz kerak. Futbolda g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Bu sport turida mag‘lub bo‘lmaydigan jamoaning o‘zi yo‘q. Shu sababdan, maydonga tushganda hech narsadan qo‘rqmay faqat muxlislar uchun o‘ynashga intilamiz.

To‘g‘risini aytaman, men umuman to‘purarlik haqida o‘ylamayman. Eng muhimi jamoadoshlarimning qo‘llab-quvvatlashlarini his etish. Chunki biz yaxshi va yomon kunlarda doim birgamiz. Shuni ham ta’kidlash kerakki, klub qanchalik ahil bo‘lsa, maydondagi harakat ham shunga yarasha bo‘ladi. Bu jamoaviy o‘yin, futbolda xudbin bo‘lish yaramaydi, - deydi “Nasaf” “forvard”i Sports.uz saytiga.

Azmat Umarov suhbatlashdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!