
Dzyudo. O‘zbekiston terma jamoasi Avstriyaga jo‘nab ketdi
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham bugun yilning ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashish uchun Avstriyaga jo‘nab ketdi.
Mitterzill shahrida tashkil etiladigan ushbu yig‘inda 50 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyuradigan sportchilar o‘zaro tajriba almashishadi. Rejaga ko‘ra, hamyurtlarimiz 16-yanvarga qadar Avstriya yig‘inida bo‘lishadi.
Mazkur safarga Diyora Keldiyorova, Muzaffarbek To‘raboev, Alisher Yusupov kabi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari qahramonlaridan tashqari terma jamoadan chaqiriq olgan 10 nafardan ortiq yosh sportchi jalb etilgan.
Fikrlar