
EChL. Birinchi turning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Chempionlar ligasida 1-turning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilingan edi.
Ushbu sovrinni qo‘lga kiritish uchun Dushan Vlaxovich ("Yuventus"), Markus Tyuram ("Inter"), Markus Reshford ("Barselona"), Fransishko Trinkau ("Sporting") kurash olib bordi.
Yakunda mukofot "Barselona" futbolchisi Reshfordga nasib qildi.
Ma’lumot uchun, hujumchi ilk turda "Nyukasl" darvozasini 2 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar