Ekaterina va Elena yarim finaldi

Avstraliya ochiq chempionatining juftliklar o‘rtasidagi bahslarda rossiyalik Ekaterina Makarova hamda Elena Vesnina chorak finalda kandalik Gabriela Dabrovski va xitoylik I Fan Syuga qarshi kortga chiqdi.

Uchrashuvning dastlabki setida birorta ham geymni qo‘lga kirita olmagan rus tennischilari qolgan setlarda 6:1, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Makarova hamda Vesnina final yo‘llanmasi uchun o‘tkaziladigan bellashuvda ruminiyalik Irina-Kameliya Begu va Monika Nikuleskuga qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!