Eldor Shomurodov “Jenoa”ga qaytadimi?

  • 21 yanvar, 2024, 03:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum boshida “Kalyari”ga sotib olish huquqi bilan ijaraga o‘tgan Eldor Shomurodov oradan yarim yil o‘tgach, jamoani tark etish haqida o‘ylamoqda. Kutilganidek o‘yini chiqmagan va asosiy tarkibdan joy ololmagan straykerning kamiga jarohati ham bor. Shuningdek, 13 ta uchrashuvda ishtirok etgan hujumchimiz ikki martagina boshlang‘ich tarkibdan joy oldi. Mana shunday statistikadan keyin har qanday jamoa futbolchini qo‘yib yuborishga qarshilik qilmagan bo‘lardi. Qishki transferlar oynasida Shomurodov Italiyaning boshqa klubiga o‘tishga harakat qilib ko‘radi. “Sky Sports” nashri terma jamoamiz sardoriga “Jenoa” qiziqish bildirayotgani borasida xabar bermoqda. Ayrim manbalar esa futbolchining agenti uni genuyaliklarga taklif qilayotganini ma’lum qildi. Nima bo‘lganda ham Eldor yana o‘zining sobiq jamoasiga qaytishi mumkin. Ammo bu transfer amalga oshmay qolish ehtimoli ham yo‘q emas.

Tecno

Eldor Shomurodov o detstve, zvezdnom puti i buduщem uzbekskogo futbola —  video - 12.07.2021, Sputnik Uzbekistan

Di Martso “Jenoa” qishki transferlar oynasida bitta hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligini ma’lum qildi, lekin klubning eng asosiy maqsadi bu Shomurodov emas, balki Mbay Nyangdir. 2015 yilda frantsiyalik futbolchi Genuya jamoasida 6 oy ijara asosida o‘ynab ketgan. Shundan keyin ko‘plab klublarda faoliyatini davom ettirgan Nyang o‘tgan yozda “Adana Demirspor”ga o‘tdi. Oradan ko‘p o‘tmay u yana A Seriyaga qaytmoqchi. Mavsumda 8 ta gol urishga ulgurgan Mbayga “Jenoa” allaqachon rasmiy taklif bilan chiqdi. Endi hujumchining so‘nggi qarori kutilmoqda. Sababi, Nyangga “Verona” va “Nant” klublari ham qiziqish bildiryapti. Agarda ushbu transfer amalga oshmay qolsa, katta ehtimol bilan genuyaliklar Eldor Shomurodov yoki Petro Pellegri uchun harakatni boshlaydi.

M'Baye Niang - Player profile 23/24 | Transfermarkt

2001 yilda tug‘ilgan Pellegri bo‘yicha “Jenoa” “Torino” bilan bog‘landi. Ammo turinliklar straykerni ijaraga berishni emas, balki sotishni o‘ylayapti. Ushbu mavsum 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta ham gol ura olmagan futbolchini “Empoli” ham o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. U futboldagi debyutini aynan Genuya klubida amalga oshirgan. Orada "Monako" va "Milan" kabi jamoalardan so‘ng italiyalik strayker "Torino"ga qo‘shildi. 

Torino's injury-prone Pellegri hurts ankle at kick-off | theScore.com

Shomurodovning transfer huquqi hali ham "Roma"ga tegishli. Yaqindagina Eldorni Rimga kelishiga asosiy sababchilardan biri bo‘lgan Joze Mourino iste’foga chiqarildi, yangi bosh murabbiy esa De Rossi etib tayinlandi. Uning hujumchimizga imkon berish ehtimoli kam. Manbalar uni ko‘proq Andrea Belottiga ishonch bildirishini aytmoqda. Bu shuni anglatadiki, endi nafaqat Shomurodovning "Roma"ni tark etish ehtimoli ko‘paydi, balki Sardor Azmun ham sotib olinmasligi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!