Elina Svitolina: Darya menga yoqib qoldi
BAAning Dubay shahrida ayollar o‘rtasidagi "Dubai Duty Free Tennis Championships - 2018" turnirida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan ukrainalik Elina Svitolina musobaqaning final uchrashuvini qanday o‘tkazgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Men o‘z oldimga doimo ulkan maqsadlarni qo‘yaman. Misol uchun, bolaligimda hech qanday final uchrashuvlarida mag‘lub bo‘lmayman deb o‘z oldimga maqsad qo‘ygan edi. Menga kortga chiqish va raqibimga qarshilik ko‘rsatish juda yoqar edi. Bu esa menga o‘z o‘yinimni yangi bosqichga ko‘tarishimga yordam bergan. Oilam va ayniqsa, akam o‘z maqsadimga etishishimda katta yordam bergan.
Har bir final bahsi men uchun yangi sinovdir. Har bir sovrin men uchun qandaydir yangilik. Bu galgi finaldan men bosimdan qanday chiqishni o‘rgandim. Bu esa menga hozirgi vaqtda eng kerakli narsadir. Bu sovrin oxirgisi bo‘lmasligi uchun yanada ko‘proq mehnat qilaman.
Menga Kasatkina bilan o‘ynash yoqdi. Birinchi setda u g‘alabaga bo‘lgan intilishi tufayli bor kuchini sarfladi va o‘yin keskin va murosasiz o‘tdi. Men ushbu o‘yinda g‘alaba qozonganimdan xursandman. Endi men ham Enen va Vinuch kabi tennischilar bilan bir qatordaman. Faqatgina ular ushbu sovrinni bir necha bor himoya qilishgan", - deydi Elina.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning finalida Elina Svitolina rossiyalik Darya Kasatkinani 6:4, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Unga bu g‘alaba 470 reyting ochkosi va 651.347 AQSh dollari pul mukofotini keltirdi.



Fikrlar