
Elit OChL sovrini Toshkentga olib kelinadi
Shu mavsumdan e’tiboran OFK yangi musobaqa — Elit OFK Chempionlar Ligasiga asos solmoqda.
Qit’amizning eng lider klublari ishtirok etadigan musobaqaning ilk sonida O‘zbekiston sharafini mamlakatimizning amaldagi chempioni — "Paxtakor" himoya qiladi.
OFK mazkur musobaqaning ommabopligini oshirish va muxlislarga musobaqa bosh sovrinini yaqindan ko‘rish imkoniyatini taqdim etish uchun "Trophy Visit" tashrifini amalga oshiradi. Mazkur tadbir doirasida 4-5 noyabr kunlari Elit OChL bosh sovrini Toshkentga keltiriladi.
Tadbir joyi va soati haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.
O‘zPFL matbuot xizmati.
Fikrlar