Endrik: "Real" bilan 5 ta EChL va 10 ta La Liga kubogini yutmoqchiman!"

  • 19 dekabr, 2023, 20:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" futbolchisiga aylangan braziliyalik yosh iqtidor sohibi Endrik nima uchun "qirollik klubi"ni tanlagani va bu jamoa bilan ko‘zlagan maqsadlari borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U yozda rasman jamoa safiga qo‘shiladi. 

Tecno

"Menga APL klublaridan ham takliflar kelib tushdi. Londondan, ayniqsa, "Chelsi"dan yaxshigina qiziqish bo‘layotganini aytishdi. 

Biroq men doim "Real"da o‘ynashni orzu qilganman va agentimga ham shuni aytib kelardim. Qarorim ancha oldin qat’iy edi. 

"Qirollik klubi" bilan 5 marta Evropa chempionlar ligasi va 10 marta La Ligada g‘olib chiqmoqchiman. Umid qilamanki, bularning bariga erisha olaman!", - dedi yosh futbolchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!