Entso Mareska: "Biz uchun ideal kecha bo‘ldi"

  • 5 iyul, 12:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/4 finalida "Palmeyras"ga qarshi o‘yin (2:1) haqida fikr bildirdi. 

Tecno

"Kutilgandek, bu juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Bizdan katta energiya talab etildi, chunki bizning mavsum yakunlanmoqda, ularda esa endi boshlanmoqda.

Bu — asosiy farq. Lekin futbolchilarimni tabriklayman, ular juda yaxshi harakat qilishdi. G‘alabadan va Estevaoning golidan xursandmiz — "Chelsi" uchun bu ideal kecha bo‘ldi" – deya ta’rif berib o‘tdi "aristokratlar" mutaxassisi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda londonliklar 18 yoshli hujumchi Estevaoni "Palmeyras"dan 34 million evro va 27 million evro bonus evaziga sotib olgan. Turnirdan oldin ikki klub kelishib olgan — futbolchi hozircha o‘z vatan jamoasi safida harakat qilishda davom etadi. Garchi rasmiy shartnoma 1 iyuldan kuchga kirgan bo‘lsa-da.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!