Ertaga slalomchilarimiz uchun yangi mavsum boshlanadi

BEPUL PROPAN

Ertaga slalom bo‘yicha terma jamoamiz vakillari ham mavsumni boshlab yuborishadi. Bo‘zsuv kanalida tashkil qilinadigan bo‘lajak musobaqa yangi mavsumning ochilishiga bag‘ishlangan Respublika turniri bo‘lib, unda yurtimizning sara atletlari bahs olib borishadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Reglamentga ko‘ra, musobaqaning birinchi kun dasturida yarim final va final bahslari bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi va uchinchi kunda sportchilar o‘z imkoniyatlarini maxsus slalom va tezkor tushish bo‘yicha sinovdan o‘tkazishadi.

Musobaqaning yakuniy kunida g‘olib va sovrindorlani taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishi belgilangan. Mazkur musobaqa murabbiylar uchun sportchilarimizning holatini yana bir karra ko‘zdan kechirib olishga katta yordam berishi, shubhasiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!