Eshkak eshish. Jahon kubogini oltin medal bilan boshladik!

  • 13 may, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
TIGGO 2 PRO

Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi start oldi. Quvonarlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Artur Guliev 200 metrga kanoeda eshkak eshish dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yurtdoshimiz ushbu masofani 41.31 soniyada bosib o‘tdi.

C-200 metr, erkaklar:
Oltin - Artur Guliev (O‘zbekiston) - 41.31
Kumush - Helder Silva (Portugaliya) - 41.56
Bronza - Mattia Alfonsi (Italiya) - 41.82

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!