Evloev UFC chempioni bo‘la oladimi?
Yarim engil vazn(65,8 kg) toifasida britaniyalik UFC jangchisi Arnold Allen(19-3) Movsar Evloev(18-0)ning shu divizionda chempionlik unvonini qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.
“Evloev chempion bo‘la oladimi? Bu juda qiyin savol...bilmadim. Movsar chempion bo‘lishi mumkinligiga ishonchim komil emas. To‘g‘ri, Evloev ajoyib jangchi, u buni menga qarshi jangda ham isbotladi. Lekin mendan boshqa u uchun noqulay raqiblari juda ko‘p. Masalan, Volkanovski yoki Topuriya. Ular kamar uchun kurashadigan yigitlar. Rostini aytsam, Evloev bu ikkisini mag‘lub eta olmaydi, deb o‘ylamayman. Chunki ular Evloevdan ancha kuchli ”, – dedi Allen The MMA Hour dasturida.
Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni Evloev Allenni hakamlarning yakdil qaror bilan mag‘lub etgandi.
Fikrlar