"Evro-2024"da porlagan italiyalik himoyachining yangi jamoasi aniq
Londonning "Arsenal" klubi "Evro-2024"dagi ajoyib ishtiroki bilan bir nechta grandlar e’tiboriga tushgan Rikkardo Kalaforini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Ayni vaqtda "kanonirlar" "Bolonya" bilan futbolchining transfer narxi borasida kelishuvga erishishga yaqin. Transfer taxminan 50-54 million evro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Qayd etish lozim, Kalaforini "Real" ham o‘z safiga qo‘shib olishi kutilayotgandi.



Fikrlar