“Evro”dan quruq qolgan yulduzlar

  • 23 noyabr, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yili Germaniyada bo‘ladigan Evropa chempionatining saralash turniri yakunlandi. Angliyalik ekspertlar qit’a miqyosidagi eng nufuzli musobaqada qatnashmaydigan besh nafar eng mashhur APL  yulduzlari ro‘yxatini tuzdi.

Tecno

Erling Xoland – Norvegiya

Evropa futbolining eng sermahsul hujumchisi saralash turnirlarida oltita to‘p kiritganiga qaramay,  o‘z terma jamoasini Evropa chempionatiga olib chiqolmadi.

Aleksandr Isaak – Shvetsiya

Shvetsiyalik hujumchi jarohati tufayli o‘z mamlakati terma jamoasiga yordam bera olmadi. Isaak saralash musobaqasida uchta o‘yinda qatnashib, ikki yil ichida bitta gol urdi xolos.

Evan Fergyuson – Irlandiya

19 yoshli hujumchi Gibraltar darvozasiga ikkita to‘p kiritgan bo‘lsa-da, Frantsiya, Niderlandiya va Gretsiya futbolchilariga qarshi o‘ynashda tajribasizlik qildi.

Martin Edegor – Norvegiya

Xoland va Edegor qanchalar zo‘r o‘ynamasin, Norvegiya terma jamoasining qolgan o‘yinchilar vazifani bajarishga qodir emas.

Deyan Kulusevski – Shvetsiya

“Tottenxem” etakchisi “Evro-2024” saralashda sakkizta uchrashuvda bitta gol va ikkita assist qayd etdi. Sakkizta o‘yindan uchtasidagina g‘olib bo‘lgan shvedlar Evropa chempionatini televizorda tomosha qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!