Yevropadan jamoa chiqmadi, Saudiyaga ketman-da!
“Milan”ning portugaliyalik hujumchi Rafael Leauning nomi kelasi yozgi transfer oynasida eng ko‘p muhokama qilinadigan futbolchilardan biriga aylanishi mumkin.
Sababi, hozirda uning nomini Yaqin Sharq jamoalari bilan ham bog‘lashmoqda. Italiya ning La Gazzetta Dello Sport nashri xabariga ko‘ra, Leau Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o‘tishi mumkin.
Hozirda mazkur jamoada uning sobiq sherigi Teo Ernandes to‘p surmoqda. Shuningdek, jamoani Simone Indzagi boshqaryapti. Qiziqi shundaki, u ilgari “Inter” bosh murabbiyi bo‘lgan.
Manbada ta’kidlanishicha, Indzagi Leauni maydonda to‘liq kuch bilan harakat qilishga majbur qila olishi mumkin. Chunki futbolchi ba’zan o‘yinlarda yetarlicha faol bo‘lmasligi uchun tanqid qilinadi.
“Milan” rahbariyati bilan munosabatlari sovugan futbolchi o‘ziga Yevropa grandlari orasidan jamoa topishga urinib ko‘rdi. Biroq hech bir mashhur klubi Leauning xizmatlarini taklif qilgan agentlar bilan transfer bo‘yicha muzokaraga kirishgani yo‘q.

Fikrlar