Fabritsio Romano: "Mudrik futbol olamidagi eng katta iqtidorlardan biri"

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, Mixail Mudrik yaqin orada "Chelsi"ni tark etmaydi.

"Mudrik "Chelsi"ni tark etishni o‘ylayotgani ham yoq. Uning agentlari ham bu borada mutlaqo hotirjamlar. Ayni vaziyat tinch va o‘z o‘rnida. Mudrik Entso Mareskaning oldida o‘zini ko‘rsatish uchun ko‘p mehnat qilishni istaydi.

Ishoning, Mixail Mudrik futbol olamidagi eng katta topilmalardan biri. Shu sababli u o‘zining eng yaxshi versiyasiga aylanish uchun har kuni qattiq mehnat qiladi.

Ukrainalik futbolchi "Chelsi"da muvaffaqiyat qozonishni istaydi. O‘z navbatida klub ham forvardga yuz foiz ishonadi va kerakli vaqtga qadar kutishga tayyor", - dedi insayder.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!