Farzona Fozilova qit’ada tengsiz!

  • 29.01.2022 13:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni daqiqalarda Toshkent shahridagi "Universal" sport majmuasida 22 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 

Ushbu hal qiluvchi janglarning dastlabkisida hamyurtimiz -48 kg vazn toifasidagi Farzona Fozilova tojikistonlik Sumaya Qosimova bilan qit’ada kim tengsiz ekanligiga oydinlik kiritishdi. 

Butun jang mobaynida raqibasiga nisbatan faolroq va aniq harakat qilgan Fozilova yakunda g‘alaba qozonib, Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!