Fayzullaev, Afif va Taremi ramziy jamoadan joy oldi

  • 16 noyabr, 2024, 17:23
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati saralashi Osiyo mintaqasi 5-turidan o‘rin olgan bahsda O‘zbekiston terma jamoasi Qatarga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. 

Mag‘lubiyatdan qat’iy nazar, termamiz safida dubl qayd etgan Abbosbek Fayzullaev saralashning 5-tur ramziy jamoasidan joy oldi. 21 yoshli vingerimiz "SofaScore" portali talqiniga ko‘ra, 8.7 ballga loyiq ko‘rilgandi.  

Shuningdek, termamizga qarshi o‘yinda ikkita assist amalga oshirgan Akrom Afif va 90+12-daqiqada g‘alaba golini urgan Lukas Mendes ham ramziy jamoaga kiritilgan. 

Qiziqarli tomoni shundaki, KXDR - Eron (2:3) bahsida avtogol urgan va penaltidan foydalana olmagan Mehdi Taremi ham ramziyda. Sababi, ikki muvaffaqiyatsizlikka qaramay, terma tomonidan kiritilgan gollarning barchasiga assistentlik qilgan. 

Quyida "SofaScore" talqiniga ko‘ra, 5-tur ramziy jamoasi bilan tanishing: 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!