
Fayzullaev Olimpiadaga bora olmasligi mumkinmi?
O‘zbekiston terma jamoasini JCh-2026 saralashi doirasida Turkmaniston hamda Eronga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. Ayni vaqtda termamiz "JAR" stadionida mashg‘ulot olib bormoqda. Bugungi mashg‘ulotlar oldidan Abbosbek Fayzullaev jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi:
- Ertaga qiziqarli o‘yin bo‘ladi, degan umiddaman. Vazifani bajarib bo‘ldik, ammo muxlislarimiz ko‘z ongida yaxshi o‘yin ko‘rsatib, 3 ochko qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz.
- Klubingizda may oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldingiz va oxirgi paytlarda siz haqingizda rus nashrlari ko‘p yozmoqda. Kelajagingiz haqida o‘zbek nashrlariga ham nimadir ilina olasizmi?
- Kelajagim haqida hech narsa ayta olmayman. Sababi, TsSKA bilan shartnomam bor. Hozir terma jamoadaman va asosiysi terma jamoada yaxshi o‘yin ko‘rsatib, keyin esa dam olish.
- TsSKAda bosh murabbiy o‘zgargani haqida nima deya olasiz?
Bosh murabbiy o‘zgarganini kecha bildim. Klub shu qarorga kelgan va men bu haqda hech narsa deya olmayman. Shunday bo‘lsa-da, Fedotov bilan ishlaganimdan juda ham xursandman. Sababi, u TsSKAga borganimda menga katta yordam berdi va jamoaga qo‘shilib ketishimga asosiy sababchi insonlardan biri hisoblanadi.
- Rossiyada mavsum iyul oyida boshlanadi. Bu Olimpiadaga borishingizga xalaqit bermaydimi yoki qandaydir kelishuv amalga oshdimi?
- Hali Olimpiada haqida gaplashmadik. Federatsiya bilan klubimiz kelishsa, xudo xohlasa Olimpiadaga bormoqchiman.
"Bunyodkor" stadioni siz uchun begona emas. Muxlislar
- Menimcha, terma jamoaning har bitta o‘yini muxlislar uchun bayram, deb o‘ylayman. Ertaga ham kelib, qo‘llab-quvvatlab turishsa, bu bizga kayfiyat hamda kuch beradi. Ertaga ularning kelishini va qo‘llab-quvvatlab turishini istayman. Xudo xohlasa, yaxshi o‘yin ko‘rsatib, ishqibozlarga g‘alaba taqdim etamiz.
Abdurahmon Fazilov bilan Iphone 14 mavzusi nima bo‘ldi?
U menga shart bergandi, ammo shartni bajara olmadim (kuladi). Ertaga o‘xshaydi, degan umiddaman.
Abdurahmon Fazilov:
- Men hozir Iphone 14 bera oladigan holatdamasman. Abbosga hammani oldida aytaman. Kecha uni mashinasining baloni teshilib qolibdi. Ertaga Fayzullaev gol yoki assist amalga oshirsa, o‘yin tugashi bilan 4 ta yangi shina "Bunyodkor" stadionining avtoturargohida seni kutib turadi.
Fikrlar