Fayzullaev reytingda peshqadam!

  • 18 aprel, 2024, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan klublar ham, Premer-ligadagi o‘rnini saqlab qolish ilinjida harakat qilayotgan jamoalar ham jiddiy raqobatga duch kelmoqda.

Tecno

Premer-liganing 24-turida o‘z iqtidorini namoyish eta olgan yosh o‘yinchilar ham ko‘zga tashlandi. Futbolni yoritib kelayotgan nufuzli manba – championat.com sayti 24-turda eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar reytingini tuzdi.

Ekspertlar bellashuvlarda ham tomonlama iqtidorini namoyish qila olgan besh nafar iste’dod egasini tanladi.

“Top-5”ga kirgan futbolchilar bilan tanishing. Ro‘yxat pastdan yuqoriga qarab tasniflangan holda havola etilyapti.

5-o‘rin: Yaroslav Mixaylav (20 yosh, “Orenburg”)

Yaroslav Mixaylov ishonchli harakatlari bilan yarim himoya chizig‘idagi ustunlikni ta’minlab kelmoqda. “Nijniy Novgorod”ga qarshi uchrashuvda 20 yoshli futbolchi raqibdan uch marotaba to‘pni olib qo‘ydi, ikkita zarbani blokladi, paslarining 82 foizi aniq bo‘ldi va bir marotabadan muvaffaqiyatli dribling qo‘llab, fol ham ishladi.

4-o‘rin: Kirill Kravtsov (21 yosh, “Sochi”)

21 yoshli yarim himoyachi “Spartak”ga qarshi uchrashuvda katta hajmdagi ishni bajardi. Kirill raqibdan olti marotaba to‘pni olib qo‘ydi, havodagi kurashda ikki marta ustunlik qildi, paslarining 78 foizi aniq chiqdi, darvozaga xavfli zarba berdi. Krivtsov “Sochi” etakchisi hisoblanadi va jamoa yuqori diviziondagi joyini saqlab qolishi ko‘p jihatdan shu o‘yinchiga bog‘liq.

3-o‘rin: Aleks Fernandes (21 yosh, “Baltika”)

21 yoshli braziliyalik Rossiyaga kelganidan beri eng yaxshi uchrashuvini o‘tkazdi. Yarim himoyachi “Axmat” darvozasiga uchta to‘p kiritdi. Fernandes ajoyib driblingi va yakkakurashlardagi harakatchanligi bilan ham ajralib turdi.

2-o‘rin: Danila Kozlov (19 yosh, “Baltika”)

Kozlov “Baltika”ga qishda olib kelinganda va qisqa fursatda jamoa etakchilaridan biriga aylandi. “Axmat”ga qarshi uchrashuvda faol o‘ynab, darvoza tomon ikkita zarba yo‘llad, paslarining 79 foizi aniq chiqdi, raqibni aldab o‘tish va yakkakurashlarda o‘zini ko‘rsata oldi.

1-o‘rin: Abbosbek Fayzullaev (20 yosh, TsSKA)

Qishda O‘zbekiston terma jamoasi safida Osiyo kubogida ishtirok etgan Abbosbek Fayzullaev chempionatning bahorgi qismini biroz qiyin boshladi. “Krilya Sovetov” bilan bahsda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmay, zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. “Sochki”ga qarshi bahsda umuman qatnashmadi.

Lekin keyinchalik yana asosiy tarkibdagi joyini qaytarib olgan o‘zbek legionerining boshlang‘iya tarkibda maydonga tushishi darrov natia keltirdi. “Fakel”ga qarshi bahsda gol urgan Fayzullaev “Lokomotiv” bilan bo‘lgan muhim o‘yinda Tamerlan Musaevga golli pas oshirdi. Umuman, Abbos jamoasining uchalaga golida bevosita ishtirok etdi.

Bundan tashqari, raqib darvoo‘asiga to‘rtta aniq zarba yo‘lladi, dribling ko‘rsatdi, ikki bor raqibdan to‘pni olib qo‘ydi, paslarining 77 foizi aniq bo‘ldi.

Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!

Gol urib, TsSKAni finalga olib chiqqan Fayzullaev nimalar dedi?

Shomurodovdan ehtiyot bo‘ling! (foto)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Нишанов Шавкат
19/04/2024 12:07
Можно писать без ошибок, не солидно просто...