Gol urib, TsSKAni finalga olib chiqqan Fayzullaev nimalar dedi?

  • 17 aprel, 2024, 10:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya kubogining yarim finalida Moskvaning TsSKA klubi Klaningradning “Baltika” jamoasini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:0 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqdi.

Tecno

Moskvada o‘tgan javob o‘yinining qahramonlaridan biri Abbosbek Fayzullaev bo‘ldi. 20 yoshli hujumkor futbolchimiz bu gal ham  juda faol o‘ynadi.

Mezbonlar bellashuvning 34-daqiqasida penaltidan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. “Baltika” futbolchilari hali o‘zini o‘nglab olmasidan hujumga qo‘shilgan Abbosbek Fayzullaev jamoasining ikkinchi to‘pini kiritdi.

Shu tariqa, jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minlab, TsSKAning finalga chiqishiga katta hissa qo‘shgan legionerimiz Rossiya kubogidagi gollari hisobini ham ochdi. Bundan tashqari, Abbosbek ushbu turnir doirasida avvalgi uchrashuvlarda jamoadoshlariga uchta golli pas ham uzatgani qayd etilgan.  

G‘alabali o‘yindan keyin Abbosbek Fayzullaev o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Muhim hisoblangan kubok o‘yinida maydonga chiqib, g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Stadionga kelib, ajoyib muhit yaratgan muxlislarimizga rahmat, bu bizga yordam bo‘ldi.

- Oldinda “Zenit” – “Spartak” o‘yini bor. Keyingi bosqichda qaysi jamoa raqib bo‘lishini xohlaysiz?

- Birortasini tanlash kerak, deb o‘ylamayman. Bu bosqichda faqat kuchli jamoalar qolgan.

Bizga qaysi jamoa ro‘baro‘ bo‘lishing unchalik ahamiyati yo‘q, asosiysi biz o‘zimzni yaxshi tomondan ko‘rsata olishimiz. Eng muhimi, mana shu, - dedi Abbosbek Fayzullaev jurnalistlar savoliga javob qaytarib.

Eslatib o‘tamiz, TsSKA klubi Rossiya kubogining amaldagi sohibi hisoblanadi. Agar “armiyachilar” bu natijasini yana takrorlasa, Abbosbek Fayzullaev ushbu klubdagi dastlabki mavsumidayoq nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchiga aylanadi.  

Tezkor! Fayzullaevga Italiyaning mashhur jamoasi xaridor!

Tezkor! Ispanlar Fayzullaevga e’tibor qaratdi...(foto)

Shomurodovdan ehtiyot bo‘ling! (foto)

Bunaqasi bo‘lmagan: Fayzullaev beshta hujumchi bor tarkibga kirdi!

Shomurodov “Inter”ni ham “qurbonlar” qatoriga qo‘shdi...

Masharipov chempion bo‘ladimi yoki O‘runov?

Husanov eng zo‘rlar qatorida “Golden Boy – 2024” sovriniga da’vogar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!