"Felish qaerda kiyinadi?"

  • 21 avgust, 2024, 14:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jeymi Karrager "Chelsi"ga transfer siyosatini o‘zgartirishni maslahat berdi. 

"Chelsi" o‘yinchilarni sotib olishni va futbolchilar "Chelsi" bilan shartnoma imzolashni to‘xtatishi kerak. Agar men futbolchi bo‘lganimda "nega u erga borishim kerak?", degan bo‘lardim. 

Ushbu transferlarning asosiy sababchisi agentlar. Ular futbolchilarga katta pul olamiz va uzoq yillik shartnoma imzolaymiz deyishadi. 

Aqlli klub bilan 4 yillik shartnoma tuzing. Uzaytirilganidan keyin ham maoshingiz oshadi. "Chelsi" yosh va qiziqarli klub emas. Ular Joau Felishni sotib olishga yaqin, lekin u qaerda o‘ynaydi? Pedro Netu ham keldi va u Palmerning pozitsiyasida harakat qiladi. 

Kuchli jamoalar raqobatbardosh bo‘lishi kerak. Biroq men to‘p tepgan jamoalarda har hafta maydonga tushishini biladigan 7 yok 8 nafar futbolchi bo‘lardi. 6-7 nafar o‘yinchi esa qolgan 3 ta pozitsiya uchun kurashardi. 

Felish qaerda o‘ynaydi degan savoldan keyin yana bir savol paydo bo‘ldi. U qaerda kiyinadi? Qanday qilib barcha futbolchilar bitta kiyinish xonasiga joylasha oladi"
, - dedi "Liverpul" sobiq himoyachisi. 

Qayd etish lozim, ayni vaqtda "Chelsi" Premer-ligada 42 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan. 




 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!