Fernandesh kutilmagan qarorga keldi

  • 01.03.2026 12:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” sardori Brunu Fernandeshning klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turgan edi. Portugaliyalik yulduz Yevropa va Saudiya Arabistoni klublaridan manfaatli taklif olyapti, manchesterliklar esa, uning transferidan mo‘may daromad ishlab olishni ko‘zlagan edi.

Give Me Sport ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlardan keyin “Manchester Yunayted”dagi holatidan mamnun va klub kelajagini ijobiy baholamoqda. Fernandesh Maykl Karrik bilan yaxshi ish munosabatlariga ega va jamoaning keyingi rivojiga nisbatan ishonchi ortib boryapti.

Shuningdek, boshqa klublar qiziqishiga qaramay, yarim himoyachi hozircha hech kim bilan  muzokara olib bormayotgani va to‘liq ravishda bor e’tiborini manchesterliklar jamoasidagi o‘yinlarga e’tibor qaratgani aytilmoqda.

Agar mavsum oxirigacha “Manchester Yunayted”dagi ijobiy o‘zgarishlar bardavom bo‘lsa, va jamoa Yevropa Chempionlar ligasining yangi mavsumiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olsa, Brunu Fernandesh klubda qolishini ta’kidladi. Bu qaror ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!