Flik: "9 ochkolik farq hali hech narsani hal qilgani yo‘q"

  • 12.04.2026 13:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liga 31-turidan keyin jamoasining "Real"dan 9 ochkoga oldinlab ketgani haqida fikr bildirdi.

Shanba kuni kataloniyaliklar "Espan'ol"ni 4:1 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi. Undan bir kun oldin esa "Real" "Jirona" maydonida 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Flikning ta'kidlashicha, chempionlik masalasida hali hech narsa hal bo'lgani yo'q.

"Hozircha hech narsa tugamadi. Biz o'z ishimizni oxirigacha bajarishimiz kerak. Hammasi hal bo'ldi, deb gapirish noto'g'ri, men bunday munosabatni qabul qilmayman. Barchasi rasmiy hal bo'lmaguncha, eng yaxshi futbolimizni ko'rsatishda davom etishimiz shart. Eng muhimi — jamoaning mentaliteti va biz shu ruhda davom etamiz. Seshanba kuni ham buni isbotlashni xohlayman.

Biz umuman salbiy fikrlamaymiz. Aksincha, men doim ijobiy o'ylayman. Shu paytgacha erishgan natijalarimiz haqida o'ylayman va bu, ayniqsa, ko'plab jarohatlarga qaramay, fantastik natija. Hozir esa futbolchilar asta-sekin safga qaytmoqda", — dedi Flik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!