Flik tanlagan superyulduz “Barsa”da yangi davrni boshlab beradi

  • 18 noyabr, 06:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” muhim transferni rejalashtirmoqda va u yangi davrni boshlab beradigan hujumchi bo‘ladi.

Tecno

Kataloniyaliklar “Bavariya”ning angliyalik forvardi Harri Keynni 37 yoshli hujumchi  Robert Levandovskining o‘rnini bosish uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.

“Barselona” Xans-Dter Flik orqali amalga oshirayotgan hozirgi loyihasini mustahkamlashni maqsad qilgan va ko‘p gol ura oladigan hujumchi masalasini hal qilishi talab etiladi.

Klub yozgi transferlar davrida jamoaga taklif etiladigan o‘yinchilar ro‘yxatining eng yuqori qismiga Harri Keyn nomini yozib qo‘ydi.

Klub sport direktori Deku Keyn transferini amalga oshirish harakatini boshlash uchun klub prezidenti Joan Laportadan ruxsat oldi. 32 yoshli to‘purarning “Bavariya” bilan shartnomasida uni 2026 yilning yozida 65 million evroga olish imkonini beradigan band kuchga kirishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!