Fran Garsiya faoliyatini Ispaniyaning boshqa klubida davom ettiradi

  • 08.07.2026 17:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Himoyachi Fran Garsiya faoliyatini «Real Betis» jamoasida davom ettiradi. Tomonlar 26 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Transfer qiymati 4 million evroni tashkil etadi. Shu bilan birga, «Real Madrid» futbolchi kelajakda boshqa klubga sotilsa, uning transferidan tushadigan mablag‘ning 50 foizini olish huquqini saqlab qoladi. Bu haqida insayder jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

«Real Madrid» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Garsiya 2023 yil yozida «Rayo Valyekano» tarkibidagi muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng yana madridliklar safiga qaytgan edi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 29 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. «Betis»da u maydonda chap qanot himoyachisi sifatida harakat qiladi.

Futbolchi uchun tibbiy ko‘rik allaqachon rejalashtirilgan. Yaqin soatlar yoki kunlarda transfer rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!