
Frensis Ngannu: "Bu jangda o‘zimni autsayderdek his qilyapman"
Kamerunlik MMA yulduzi Frensis Ngannu PFL chempioni Renan Fereyraga qarshi jang haqida gapirdi.
"Menimcha, nom emas, talant muhim. Ammo Renan Fereyrada ikkisi ham bor. Bo‘lajak bahs men uchun juda qiyin kechishi aniq. Raqibim juda kuchli. O‘zimni xuddi autsayderdek his qilyapman", - deya Ngannuning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow".
Eslatib o‘tamiz, Frensis (17-3) navbatdagi jangini Renan Fereyra(13-1-3 N/C)ga qarshi 19 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazadi.
Fikrlar