Futbolchilar Ronalduni sotib yuborishni talab qilmoqda
The Sun nashrning yozishicha, “Manchester Yunayted”da ichki muhit buzilgan. Manba jamoa o‘yinchilari klub rahbariyatidan Krishtianu Ronalduni tezroq sotib yuborishni talab qilmoqda.
Futbolchilar “Manchester Yunayted”da uchun o‘ynash ishtiyoqi bo‘lgan hujumchini jamoada ko‘rishni istamayapti.
Darhaqiqat, portugaliyalik yulduz Chempionlar ligasida ishtirok etish ilinjida hali ham yaxshi variant chiqsa, Manchesterni tark etish niyatida yurgani aytilmoqda.
Ronalduning o‘zi yangi jamoa topish harakatlari bilan bo‘lib, “Manchester Yunayted”ning mavsumoldi yig‘inlarida qatnashmadi.



Fikrlar