Futbolchini otib tashlashdi

  • 16 noyabr, 2023, 12:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Perulik sobiq futbolchi Xenri Kolan otishma oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar tarqatdi.

Noma’lum shaxslar 41 yoshli sobiq futbolchiga olti marta o‘q uzgan.

- Biz sobiq futbolchi va klubimizning yoshlar jamoasi texnik direktori Xenri Kolanning fojeali o‘limi haqida qayg‘uli bilan xabar qilamiz. Uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, - deb bayonot berdi “Sport Boyz” jamoasi.

Kolan butun faoliyatini o‘z mamlakatida o‘tkazdi. Uning so‘nggi jamoasi “Sesar Valexo” bo‘lgan. Ungacha “Sport Boyz”, “Sporting Kristal”, “Alyans Atletiko”, “Total Chalako”, “San‑Markos” va “Ayakucho” jamoalarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
.KURbANOFF Abboseee
16/11/2023 17:54
Уям тинч юрмагандир