Gael Monfis Kitondan ketdi
Kito shahri mezbonlik qilayotgan ATR musobaqasida frantsiyalik Gael Monfis chorak finalda braziliyalik Tyago Monteyroga qarshi kortga chiqdi.
Monfis birinchi setda 4:6 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, ikkinchi setda osonlik bilan g‘alaba qozondi. Biroq hal qiluvchi uchinchi setda braziliyalik tennischi o‘zining bor imkoniyatini ishga solib, yakunda 6:4 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Tyago Monteyro “Ecuador Open Quito – 2018” turnirining yarim finaliga yo‘l oldi.

Fikrlar