
Garet Beyl: "Real" dagi talablar boshqacha bo‘ladi"
"Real Madrid" va Uels terma jamoasi sobiq futbolchisi Garet Beyl "Liverpul" dan harid qilingan himoyachi Trent Aleksander-Arnold haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Arnold Angliya Premer-ligasida ko‘p yutuqlarga erishdi, o‘z qanotida etakchilardan biriga aylandi, biroq "Real" dagi talablar boshqacha bo‘ladi. U tez orada bu joyni qanchalik mas’uliyatli ekanini tushunib etadi. Ammo ishonchim komilki, u erga borib bundan zavq oladi va qo‘lidan kelgan barcha narsani qiladi", - deydi Beyl "Sky Sports"ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Trentning ingliz klubi bilan shartnomasi shu yilning 30iyuniga qadar edi, biroq "qirollik klubi" uni Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ishtirok etishi uchun 10 million evro to‘ladi.
Ulug‘bek Hoshimov.
Fikrlar