Gattuzo "Milan"da Montellani almashtirishi mumkin

  • 27 noyabr, 2017, 15:10
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiyaning “Milan” klubi sobiq futbolchisi, ayni damda esa “rossonerilar”ning yoshlar jamoasida murabbiylik qilayotgan Jennaro Gattuzo tez orada Vinchentso Montellaning o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “Milan” A Seriyaning o‘tgan turida o‘z maydonida “Torino”ni (0:0) engga olmagach, Montellaning jamoa boshqaruvidan ketishi yanada oydinlashdi.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” ayni damda 20 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 7-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!