Germaniya kortlari Oqgulga omad keltirmadi

  • 9 avgust, 2017, 12:09
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Germaniyada ayollar o‘rtasi ITF taqvimidan o‘rin olgan turnir davom etmoqda.

Tecno

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, sovrin jamg‘armasi 60 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirda hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham ishtirok etdi.

Kecha 33 yoshli tennischimiz yakkalik bahslarida vengriyalik Greta Arnga 3:6, 6:4, 2:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnirni saralash bosqichidayoq yakunladi.

Juftlik bahslarida esa Oqgul sherigi Valentina Ivanenko bilan Aleksandra Chadantu/Anna Kalinksaya duetiga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 7 daqiqa davom etgan bahsda Omonmurodova/Ivanenko juftligi raqibalariga  2:6, 6:0, 8:10 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnirdagi yurishlarini ilk bosqichdayoq yakunlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!