Gilbert Byorns: Chimaevni og‘ir kecha kutib turibdi

  • 3 aprel, 2022, 12:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFCning yarim engil vazn toifasida sobiq da’vogar Gilbert Byorns (20-4) Hamzat Chimaev bilan bo‘lajak jangi haqida fikr bildirdi.

Tecno

“Ayni damda u 10:0 ko‘rsatkichiga ega va u o‘ziga nihoyatda ishonadi. Men uni tushunaman, chunki yaqinda menda shunday rekord bor edi. Men ham o‘zimdan kuchliroq yigitni uchratmagunimcha, o‘zimni tengsiz jangchiman deb o‘ylardim. Natijada o‘shanda birinchi mag‘lubiyatimni qabul qilib oldim.

Chimaevning hozir o‘zini qanday his qilayotganini juda yaxshi bilaman. Lekin bardoshim, tajribam, jiu-jitsu va zarba berish texnikamga tayanaman. Chimaevni juda og‘ir kecha kutmoqda. Uning barcha shov-shuvlari haqiqiy sinovdan o‘tadi ", - deb Byornsni so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sport Sceeda Berns.

Eslatib o‘tamiz, Hamzat Chimaev hamda Gilbert Byorns jangi 10aprel kuni" UFC 273" turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!