Grigor Dimitrov uzatgan koptok raqibining ko‘ziga tengdi (Video)

Bolgariyalik tennischi Grigor Dimitrov “ABN Amro World Tennis Tournament – 2018” turnirining yarim finalida zafar quchdi.

U musobaqaning final yo‘llanmasi uchun o‘tkaziladigan musobaqada belgiyalik David Goffinga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvning birinchi setida 6:3 hisobida oldinda borayotgan Grigor ikkinchi setda hisob 0:1 bo‘lib turgan bir vaqtda Davidning ko‘ziga koptok tegib ketdi va o‘yinni davom ettira olmadi.

Shu tarqi Grigor Dimitrov musobaqaning finalida shveytsariyalik Rodjer Federer, yoki italiyalik Andreas Seppiga qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!