Grizman: Eng qiyin ish - har doim g‘alaba qozonishdir!

  • 8 aprel, 2024, 06:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi va Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Antuan Grizmann "matraschilar"ning rejalari haqida gapirdi. 

"Eng qiyin narsa har doim - g‘alaba qozonishdir. Bu biz uchun qolgan uchrashuvlarda, La Liga va Chempionlar ligasida juda muhim. Bu meni xursand qiladi va butun jamoa bo‘lib shu narsaga harakat qilamiz. O‘zimiz uchun kundalik vazifa bo‘lgan ishni maromida bajarishimiz kerak", - deya futbolchining so‘zlarini keltirdi "Mundo Deportivo" nashri. 

Joriy mavsumda Antuan 38 ta uchrashuv o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. Frantsiyalik futbolchining "Atletiko" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!