
Grizmann rekord o‘rnatdi
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Jahon Chempionatida ishtirok etish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
"Atletiko" futbolchisi JCh-2022 yarim finali doirasida Marokashga qarshi uchrashuvdni asosiy tarkibda boshladi. Hujumchi frantsuzlarning mundialdagi so‘nggi 18 uchrashuvida maydonga tushgan.
Qayd etish lozim, ayni vaqtda Antuan Jahon Chempionatida 3 ta assist qayd etgan holda, bu borada Messi, Keyn hamda Bruno bilan bir xil ko‘rsatkich qayd etmoqda.
Fikrlar