Gvardiola Arne Slotga “zarba” berdi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” yozgi transferlar oynasining oxirida “Nyukasl”dan Aleksandr Isaakni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni uddaladi. Bu transfer liverpulliklarga 144 million evroga tushdi.
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot yangi shogirdini jahondagi eng zo‘r hujumchi ekanini ta’kidladi.
Jurnalistlar bu masalada Xosep Gvardiolaning fikrini ham o‘rgandi.
- Isaak bilan solishtirganda men Erling Xolandni qaysi o‘ringa qo‘yaman? Tabiiyki, biroz yuqoriroqqa.
Aleksandr Isaak – ajoyib futbolchi. Unga sarflangan mablag‘ summasidan kelib chiqsak, “top-o‘yinchi”.
Lekin boshqa birortasi eng zo‘r deb Kilian Mbappe, Lionel Messi yoki Krishtianu Ronalduni aytgan bo‘lardi. Men esa, Xolandni hech kimga almashtirmayman. Menga u hammadan ko‘ra ko‘proq yoqadi, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar