Gvardiola “Barsa”ga transferimni barbod qildi!

  • 20.12.2023 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”ning o‘ng qanot himoyachisi Yan Kouto ayni paytda Ispaniya chempionatida ijara asosida “Jirona” sharafini himoya qilmoqda.

Braziliyalik  futbolchi 2020 yili “Barselona”ga o‘tishga juda yaqin kelganini, biroq Xosep Gvardiolaning qo‘ng‘irog‘i uning fikrini o‘zgartirganini ta’kidladi.

- Men o‘shanda Braziliya yoshlar terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgandim. Keyinroq “Bavariya”, “Manchester Siti” va “Barselona” qarorgohlarida bo‘lib, bu klublar faoliyati bilan tanishdim.

Men “Barselona”ga o‘tishimga amin edim. Keyin menga Gvardiola qo‘ng‘iroq qildi. Suhbatimiz hamma narsani o‘zgartirib yubordi, - dedi 21 yoshli himoyachi Yan Kouto.

Ayni paytda “JIrona”da o‘ynayotgan braziliyalik futbolchi 15 ta uchrashuvda qatnashib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari gollar hisobini ham ochdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!