Gvardiola shogirdini Messiga tenglashtirdi

  • 22 oktabr, 19:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” Evropa Chempionlar ligasi umumiy guruh uchinchi turini Ispaniyada o‘tkazib, “Vilyarreal” ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Manchesterliklarga muhim g‘alaba keltirgan gollarni Erling Xoland va jamoa sardori Bernardu Silva kiritdi. O‘yindan keyin “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvvardiola portugaliyalik futbolchining bosh bilan urgan golini alohida maqtadi.

- Bernardu boshi bilan zo‘r gol urdi. Bu harakati bilan u menga Riyod Mahrez va Lionel Messini eslatib yubordi. Ular bo‘yi past o‘yinchilar, lekin bo‘ynida bolg‘a borga o‘xshaydi va bosh bilan ajoyib zarbalar yo‘llay oladi, - dedi Xosep Gvardiola.

31 yoshli Bernardu Silva joriy mavsumdagi birinchi golini urdi. Tajribali o‘yinchining klubdagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi.

Bernarduning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Tomonlar hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha hali kelishuvga erishgani yo‘q. Silvani Evropaning bir necha grand klublari o‘z safiga chorlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!